Xususiy shifoxonalar kimlarga bepul xizmat ko‘rsatishi mumkinligi muhokamaga qo‘yildi

© flickr.comVrach skoroy pomoshi
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish majburiy hisoblanadi

TOShKENT, 8-iyun- Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida xususiy tibbiyot muassasalarida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul xizmat ko‘rsatishi tartibi haqidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Xususiy tibbiyot muassasalari soliqlar va majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi "Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning tartibi to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini e’lon qildi.

Hujjatga ko‘ra, nizom Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy faoliyatga berilgan litsenziya asosida faoliyat yurituvchi xususiy tibbiyot tashkilotlari (stomatologiya va kosmetologiyadan tashqari)ga tatbiq etiladi.

Qaror ilovasida xususiy tibbiyot muassasalari quyidagi aholi qatlamiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishi belgilangan:

1. Bolalikdan nogironlar;

2. Chin yetimlar;

3. I va II guruh nogironlari;

4. 1941 —1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;

6. 1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;

7. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar;

8. Baynalmilalchi jangchilar;

9. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar.

Tez tibbiy yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi ehtiyoji baland hududlarga 50 ta tez tibbiy yordam mashinalari berildi

Xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish majburiy hisoblanadi. Xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan fuqaroga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga murojaat etuvchida uning shaxsini hamda imtiyozli toifaga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi asos bo‘ladi.

Bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning turlari va hajmi litsenziyada ko‘rsatilgan ixtisosliklar doirasida tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Imtiyozli toifadagi shaxslarga kiruvchi bemorlarning murojaatlari xususiy tibbiyot tashkiloti tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining saytida joylashtirilgan maxsus elektron bazaga imtiyozli toifadagi shaxs murojaat qilgan kunda onlayn tizimida kiritib boriladi.

Xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifadagi shaxslarga ko‘rsatilishi rejalashtirilgan bepul tibbiy xizmatlarning yillik taqsimoti to‘g‘risidagi axborot tashkilotga kiraverishda, ma’lumotlar peshtaxtasida joylashtiriladi. Mazkur ma’lumotlarxususiy tibbiyot tashkiloti tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining saytidagi maxsus elektron bazaga kiritib boriladi.

Loyiha o‘zbek tilida tayyorlangan bo‘lib, o‘zgarishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Fuqarolar ishlab chiqarilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokamasiga oid so‘rovnomani to‘ldirib, o‘z izoh va takliflarini bildirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 1-apreldagi "Sog‘liqni saqlash tizimining xususiy sektorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq xususiy tibbiyot shifoxonalari 2022-yilga qadar barcha soliqlardan ozod etilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0