Toshkentda Yashnobod maxsus innovatsion texnopark yaratiladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishInnovatsion texnopark
Innovatsion texnopark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus texnopark ilmiy tadqiqotlar, amaliy-sanoat sinovlar va innovatsion mahsulotlarni respublika viloyatlarida o‘zlashtirish masalalari bo‘yicha ish olib boradi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkentda shu kunlarda "Yashnobod" maxsus innovatsion texnopark yaratiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri O‘zbekiston prezidenti rasmiy veb-saytiga asoslanib.

Qurilmani sozlash - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ikkita innovatsion texnopark quriladi

Tashkilotchilar rejasiga ko‘ra, ushbu texnopark ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga, amaliy-sanoat sinovlarini amalga oshirishga va innovatsion mahsulotlarni qator viloyatlarda o‘zlashtirishga topshirish bo‘yicha ish olib boradi. Ular orasida biotexnologiya, farmatsevtika, oxuqa, elektr manbaini tejash, elektron asbob va uskunlar va robotexnika, mashinasozlik, kimoviy texnologiyalar, muqobil energiya manbalari va elektron o‘lchov asboblari, materialshunoslik va metallarni qayta ishlash texnologiyasi singari innovatsiyalarni sanab o‘tish mumkin.

Park hududida ichki va tashqi bozorda talabgir yuqori texnologiyali, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetakchi sanoat va kichik innovatsion korxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, ular innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, xorijiy zamonaviy va mahalliy texnologiyalarni O‘zbekiston ishlab chiqaruvchi korxonalarda amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan shug‘ullanadi. 

O‘zbekiston rahbari yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarish sohasida yetakchi bo‘lgan xorijiy hamkorlarni jalb etish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Texnopark qatnashchilariga bir qator imtiyozlar va afzalliklar berildi. Jumladan, yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslarning mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi. Shuningdek, ularga o‘z ishlab chiqarish va qurilish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan uskuna, xomashyo, reaktiv va butlovchi mahsulotlar uchun bojxona to‘lovlarida imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda.

Texnopark 30-yil (kelgusida muddatni uzaytirish sharti bilan) faoliyat ko‘rsatishi mo‘ljallanmoqda. Texnopark qatnashchisi maqomi 10-yilga tanlov asosida beriladi.

"Yakkasaroy" texnoparkiga 90 mln so‘m moliya kiritiladi

"Yashnobod" texnopark direktori O‘zbekiston Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilgan.

Sh.Mirziyoyev innovatsion loyihalar uchun imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha tijorat banklarga topshiriq berdi. Texnoparklar qatnashchilariga yetti yildan kam bo‘lmagan va Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan foiz stavkasiga ega ikki yillik imtiyozli kreditlar ajratilishi ular uchun qo‘shimcha omil bo‘ladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0