TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Bugundan GM Uzbekistan avtomobillari narxlarining oshirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida avtomobillarning yangilangan narxlari e’lon qilindi.
Narxlar ijtimoiy tarmoqlarda ilgariroq tarqalgan prays-listlardagi narxlardan salgina farq qiladi.
Qayd etilishicha, narxlar xaridni amalga oshirgan kundagi AQSh dollarining davlat kursi bo‘yicha hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 26-maydagi qarori bilan GM Uzbekistan avtomobillari so‘mda sotilishi belgilandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.