O‘zbek tadbirkorlari Belarus korxonalarini "sindirmoqda"

© Foto: Facebook / Anatoliy Shumchenko O‘zbek tovarlari bozorlarda sertifikatsiz sotilmoqda
O‘zbek tovarlari bozorlarda sertifikatsiz sotilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anatoliy Shumchenkoning so‘zlariga ko‘ra, belaruslik tadbirkorlar o‘zbek tadbirkorlari bilan raqobatlasha olmaydi. Chunki o‘zbek tadbikorlari ruxsatnoma beruvchi hujjatlarsiz ishlashadi va shuning uchun ularning mollari belarusnikidan anchagina arzon narxda bo‘ladi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. "Perspektiva" respublika tadbirkorlar jamoatchilik uyushmasi yetakchisi Anatoliy Shumchenko o‘zbek tadbirkorlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qoidabuzarliklar haqida ma’lum qildi. Shumchenkoning aytishicha, o‘zbek tadbirkorlari Belarus davlatida tovarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarsiz hamda kassa uskunalarisiz faoliyat yuritishadi. Bu haqda Sputnik Belarus xabar qilmoqda.

Nigmatilla Yuldashev i Maris Kuchinskis - Sputnik O‘zbekiston
Latviya bosh vaziri O‘zbekiston tadbirkorlarini mamlakatga chorladi
Shumchenko o‘zining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Gomelsk viloyati Rechitsa shahri tadbirkorlari tomonidan yo‘llangan murojaatnomadan iqtibos keltirib o‘tgan. Tadbirkorlar o‘zbek xususiy korxonalari tomonidan muntazam ravishda sodir etilayotgan qoidabuzarliklardan noliganlar.

"Sotilayotgan tovarlarning aksariyatida mahsulot haqida ma’lumot beradigan markirovka yo‘q, shu jumladan, bolalar tovarlariga ham. Muntazam ravishda sodir etilayotgan qoidabuzarliklar va ular ko‘lami o‘z hajmi bilan kishini lol qoldiradi", — deb ta’kidlaydi u.

Shumchenko belarus yakka tadbirkorlari tovarlar markirovkasiga qo‘yilgan qoidalarni bajarotganliklari, "ammo O‘zbekistonlik mehmonlar uchun, aftidan, qonun yozilmagani"dan noligan.

"Ular butun mamlakat bo‘ylab shu tarzda ishlashadi", — deb qayd etgan Shumchenko.

Shumchenko o‘zbek tadbirkorlari mollari mana shuning uchun ham belaruslarnikiga nisbatan ikki, ba’zan 2,5 barobar arzonligini qo‘shimcha qilgan.

"O‘rta Osiyolik tadbirkorlar tarmog‘i hozirgi kunda Belarusning o‘nlab shaharlarini egallashga ulgurdi. Bizning korxonalarimiz bu singari "vijdonsiz" raqobatga dosh berolmayapti.  "Perspektiva" bu masalani hal qilishga kirishadi. Men vazirlar stoli ustiga mahsulotlar namunalarini qo‘yib, "biznesning teng sharoitlari shumi" deb so‘ramoqchiman. Axir xususiy korxonalar biznesini qayta formatlab, uni qo‘shimcha yugur-yugur va xarajatlar bilan to‘ldirgan Lukashenko va uning hukumati bizlarga endi biznesda hammaga teng shart-sharoit yaratiladi demaganmidi?", — deyiladi Shumchenkoning maqolasida.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0