O‘zbekiston sirtqi va kechki ta’limni tiklashni rejalashtirmoqda

© SputnikPrepodavatel chitayet leksiyu studentam
Prepodavatel chitayet leksiyu studentam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil uchta universitetga sirtqi ta’lim shakli uchun ruxsat berildi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi respublika oliygohlarida sirtqi va kechki ta’limni tiklash masalasini o‘rganmoqda, deb xabar berdi "Podrobno.uz".

Studenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii - Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim vazirligi: stipendiya to‘lash tartibiga hozircha o‘zgartirish kiritilmaydi

"Sirtqi ta’lim masalasi bo‘yicha ish olib borilmoqda", — dedi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov.

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim tizimi 2004-yilda to‘xtatilgandi. Majidovning aytishicha, bunday qaror qabul qilinishiga ta’lim "sifati ta’minlanmaganligi" sabab bo‘lgan.

"Barcha narsa metodologiya, metodika, texnika tegishli darajaga yetkazilganida buni joriy etamiz. Kechki ta’lim shakli ancha o‘ziga jalb etadi", — degan Majidov.

Eslatib o‘tamiz, bu yil uchta universitetga sirtqi ta’lim shakli uchun ruxsat berildi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limiga 100 nafar, Navoiy davlat konchilik institutining maxsus sirtqi bo‘limiga 90 nafar hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining maxsus sirtqi bo‘limiga 80 nafar talabani qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0