Oliy ta’lim vazirligi: stipendiya to‘lash tartibiga hozircha o‘zgartirish kiritilmaydi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishStudenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii
Studenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Talabalar o‘rtasida o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar barcha talabalar bir xil miqdorda stipendiya olishlari haqida gap-so‘zlar tarqalgandi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yangi o‘quv yilidan talabalarga stipendiya to‘lash tizimini o‘zgartirmaydi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Talaba stpendiyasi nimalarga yetadi - Sputnik O‘zbekiston
Talaba stipendiyasi nimalarga yetadi?

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida stipendiyalar talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab to‘lanadi. Biroq shu yil boshlarida respublikada stipendiya to‘lash tartibi o‘zgarishi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar barcha talabalar bir xil stipendiya olishlari haqida mish-mishlar tarqaldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov bu masala hozircha muhokama qilinmayotganligini bildirdi.

"Talabalarning munosabati yillar davomida shakllanib kelgan tizimga o‘zgartirish kiritishga hali erta ekanligini ko‘rsatdi. Bu tizimda o‘zgarishlar bo‘lishi talabalarning xavotiriga sabab bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. Biroq yaqin yillarda stipendiyalar to‘lash tartibiga o‘zgartirishlar kiritilmasligi istiqbolda ham shundayligicha qolishini bildirmaydi", — dedi u Sputnik muxbiriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda stipendiya to‘lov tartibiga o‘zgartirish kiritilsa ham keskin emas, balki stipendiyalar miqdori orasidagi farqni asta-sekinlik bilan muntazam ravishda kamaytirish orqali amalga oshiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0