TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. 6-iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimdan ozod etilgani haqida xabar qilgan edik.
Kechaning o‘zida o‘zbek OAVlarida Rustam Azimov "O‘zbekinvest" kompaniyasiga rahbar etib tayinlangani haqida xabar tarqalgan edi.
Kompaniya matbuot-xizmati bilan bog‘langanimizda, xabarni rasman sal kechroq tasdiqlashlarini ma’lum qilishgan edi.
Mana bugun kompaniya rasmiy saytida bu ma’lumot rasman tasdiqlandi.
"Rustam Sodiqovich Azimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi qarori bilan "O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining bosh direktori etib tayinlandi", — deb xabar qildi kompaniya matbuot-xizmati.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.