OAV: Rustam Azimov "O‘zbekinvest" kompaniyasiga rahbar etib tayinlandi

© Pravitelstvo KRRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq shu vaqtgacha O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Azimov o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rustam Azimov "O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga rahbar etib tayinlandi. deb xabar qilmoqda o‘zbek OAV.

Kompaniya matbuot-xizmati ushbu xabarni inkor etmadi, balki sal kechroq bu haqda batafsil ma’lumot berishini ma’lum qildi.

Ilgariroq shu vaqtgacha O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Azimov o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar qilgan edik.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekinvest" kompaniyasiga 2005-yil 28-sentabrdan beri Faxriddin Saidahmedov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Rustam Azimov kompaniyada qanday vazifalarni bajaradi?

Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kompaniyaga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov: O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q va bo‘lmagan ham
- o‘z vakolati doirasida sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha barcha respublika organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, boshqa davlatlarda Kompaniya nomidan ish olib boradi;

— Kompaniya mulkini boshqaradi;

— shartnomalar, kelishuvlar, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzadi;

— ishonchnomalar beradi;

— Kompaniya faoliyatiga bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.

Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0