1 iyuldan boshlab gaz va svet uchun pul to‘lash qoidalari o‘zgartirildi

Obuna bo‘lish
2017 yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar har oyning 10-sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Bu haqda Buxoro viloyati matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Demak, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

Elektr hisoblagich - Sputnik O‘zbekiston
Elektr va gaz ta’minoti uchun yangicha to‘lov tartibi joriy etildi
Iste’molchilar — jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar har oyning 10 —sanasiga qadar o‘tgan oyda iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘liq hisob-kitob qilishlari shart;

— mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin qarzdorlik mavjud bo‘lganda, iste’molchi — jismoniy shaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan majburiy uziladi;

mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilganlardan tashqari, iste’molchilarga energiya resurslarini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi;

— elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda iste’molchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, iste’molchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida to‘lov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablag‘larni o‘tkazish orqali undiriladi;

iste’molchi energiya resurslari iste’molini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinishi va sozligi uchun javobgar bo‘ladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0