Qizlarni Qozog‘istonga jinsiy qullikka jo‘natuvchi ayol qo‘lga olindi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryolik ayol chegarani kesib o‘tayotganida ushlandi, u o‘zi bilan ikki qizni Qozog‘istonga olib ketayotgandi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyati Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari o‘zbekistonlik qizlarni jinsiy qullikka jo‘natish bilan shug‘ullangan Yoqutxon Normatovani qo‘lga olishdi, deb ma’lum qildi kuch tizimi vakili.

Ayol - Sputnik O‘zbekiston
Qizlarni Rossiyaga "jinsiy qullik"ka jo‘natmoqchi bo‘lganlar jazolandi

Ayol ayol chegarani kesib o‘tayotganida ushlangan. U o‘zi bilan ikki qizni Qozog‘istonga olib ketayotgan bo‘lgan.

"Yoqutxon Normatova qizlarga Ostonada yuqori maoshli ish borligini aytib ularni aldagan, o‘zi esa ularni Qozog‘istonda hammom, sauna, massaj saloni niqobi ostida intim xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi sheriklariga sotishni ko‘zlagan. Chegarani kesib o‘tganidan so‘ng qizlarning pasportlarini olib qo‘yishlari va ulardan qul sifatida foydalanishlari mumkin edi", — dedi MXX vakili.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Yo.Normatovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Hozirda uning jinoiy faoliyati ortidan boshqa jabrlanganlarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0