Hazrati Imom majmuasini ziyorat qilish tartibi e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Madrasa ichida baland ovozda gapirish, bahslashish, madrasa ichida suratga yoki videoga olish mumkin emas. Ziyoratchi ayollar boshiga ro‘mol yoki sharf tashlab olishlari, kiyimlar ziyorat talabida – meyordan ortiq kalta, tor yoki ochiq bo‘lmasligi kerak

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi tomonidan Hazrati Imom majmuasini ziyorat qilish tartibi ishlab chiqildi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi axborot xizmati.

Amerikaliklar O‘zbekistonning eng diqqatga sazovor maskanini ma’lum qilishdi
Tartibga binoan turist va gid-tarjimonlarga majmuada joylashgan Mo‘yi Muborak madrasasiga bir vaqtning o‘zida 40 nafargacha ziyoratchi kirishiga, ekskursiya vaqti 20 daqiqa davom etishini ma’lum qiladi.

Madrasa ichida baland ovozda gapirish, bahslashish, madrasa ichida suratga yoki videoga olish mumkin emas. Ziyoratchi ayollar boshiga ro‘mol yoki sharf tashlab olishlari, kiyimlar ziyorat talabida – meyordan ortiq kalta, tor yoki ochiq bo‘lmasligi kerak.

Majmua hududida chekish va spirtli ichimliklar ichish, mast holda majmua binolariga kirish, skeytbord va rolikda uchish, velosiped haydash, majmua atrofidafi o‘t ustida yurish va gullarni yulish ta’qiqlanadi.

Madrasa ish vaqti: dushanba-juma soat 9.00 dan 17.00 gacha, dam olish kunlari – shanba va yanshanba.

Turizm mavsumida 1-martdan 30-iyungacha hamda 1-avgustdan 30-noyabrgacha dam olish kunlai ham 9.00 dan 16.00 gacha ziyoratchilarni qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0