Rossiya korxonasi O‘zbekistonga olmosli uskunalar yetkazib beradi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishAlmazniy zavod "Kristall"
Almazniy zavod Kristall - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekistonning geologorazvedka, qurilish va sanoat korxonalariga Kabarda-Balkariya respublikasidan olmosli asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiyaning "Terekalmaz" korxonasi O‘zbekistonga olmosli uskunalar yetkazib beradi. Bu haqda "Kabardino Balkarskaya pravda" nashri xabar qildi.

III Xalkaro biznes anjuman - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar hamkorlikni tiklashmoqda

Nashrning yozishicha, mintaqalararo munosabatlarni rivojlantirish maqsadida M. Ulbashev va M. Didigov boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Rossiya delegatsiyasi tarkibida "Terekalmaz" AJ direktorlar kengashi raisi V. Xajuyev va bosh direktori A. Tleujevlar ham ishtirok etdi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekistonning geologorazvedka, qurilish va sanoat korxonalariga Kabarda-Balkariya respublikasidan olmosli asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston korxonalariga "Terekalmaz" korxonasida ishlab chiqarilgan tosh bo‘laklovchi, qurilish va pardozlash olmosli uskunalarini yetkazib berishga kelishib olishdi.

Bugungi kunda "Terekalmaz" zavodida Rossiya va xorijda ishlab chiqarilgan barcha turdagi qurilmalar uchun yuqori sifatli olmosli uskunalar ishlab chiqariladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0