TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Mamarizo Nurmurotov O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deb xabar qildi UZ24 o‘z manbasiga tayangan holda.
6 Iyun 2017, 17:04
Mamarizo Nurmurotov — 2000-2004 yillarda Moliya vaziri, 2004-2006 yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Joriy yilning mart oyida Nurmurotov Senat a’zosi etib saylangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov may oyi oxirida hastalik tufayli vafot etgandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.