Toshkentdan kelgan yo‘lovchidan olib kirish taqiqlangan qurutilgan mevalar olib qo‘yildi

© Sputnik / Sergey RusanovTumen "Roshino" aeroporti
Tumen Roshino aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tumen viloyati aeroportida Toshkentdan kelgan yo‘lovchidan qurutilgan mevalar, yong‘oqlar va dekorativ o‘simlik ko‘chatlari olib qo‘yildi. Rossiya qishloq xo‘jalik nazorati tomonidan bunday mahsulotlarni olib kirish taqiqlangan.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Roshino aeroportida Toshkent shahridan kelgan yo‘lovchidan qurutilgan mevalar, yong‘oqlar va sabzavotlar olib qo‘yildi. Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jalik nazorati matbuot xizmati xabar berdi.

Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bojxonachilari 2017-yilda 1 mln $lik tilla kontrabandasining oldini olishdi

Tumen viloyati Rossiya qishloq xo‘jalik nazorati boshqarmasi xodimlari bahor kunlari kirib kelishi bilan Roshino aeroportida 12 ta fitosanitariya qoidalarni buzish holatlari aniqlangan. 

O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchi qul yuklari ko‘rikdan o‘tkazilganda, olib kirish uchun taqiqlangan quruq mevalar, sabzavotlar, yong‘oqlar hamda dekorativ o‘simlik ko‘chatlar borligi aniqlandi.

Olib qo‘yilgan mahsulotlar yoqib yuborish usuli bilan yo‘q qilindi. Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0