Toshkent hokimligi: tadbirkor bo‘lishni istagan ayollar, biznes forumga marhamat

© UZ24Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda endigina o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan xotin-qizlarni biznes-forumda ishtirok etishga taklif qilmoqda

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi tadbirkor bo‘lish istagida bo‘lgan ayollarni biznes-forumga taklif qilmoqda.

Biznes-forum 28-29 iyun kunlari o‘tkazilishi ma’lum qilingan.

Tadbirkorlikka to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga to‘sqinlik qilish deb baholanadi
"O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan qator vazirlik va idoralar hamkorligida joriy yilning 28-29 iyun kunlari ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan tadbirkor ayollar hamda endigina tadbirkorlik faoliyatiga kirib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida  mamlakatimizda ilk marotaba tadbirkor ayollar biznes-forumi o‘tkaziladi", — deyiladi xabarda.

Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga hissa qo‘shish istagida bo‘lgan tadbirkor ayollar hamda endigina o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan xotin-qizlar ushbu biznes-forumda ishtirok etishga taklif qilingan.

Biznes-forumda ishtirok etishni istagan ayollar 0 (371) 239-40-42; 0 (371) 244-03-80 telefonlari orqali o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0