Tadbirkorlikka to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga to‘sqinlik qilish deb baholanadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari tadbirkorlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rniga yuqori baho berdi

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida tadbirkorlik sohasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

"Bizning yana bir muhim vazifamiz, – dedi Mirziyoyev, – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni "Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi".

O‘zbekiston Oliy Majlisi kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis tadbirkorlarni himoya qiladigan qonun ishlab chiqmoqda

O‘zbekiston rahbari bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to‘sqinlik qilish, deb baholanishini alohida ta’kidladi.

"Saylovchilar bilan uchrashuvlarda nafaqat tadbirkorlar, balki aholimizning keng qatlami ana shu talabni qat’iy qo‘llab-quvvatlaganiga shaxsan o‘zim chuqur ishonch hosil qildim", – dedi O‘zbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0