TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati hokimligi yoshlarni viloyat hokimi bilan uchrashuvga chorlamoqda.
Bu haqda hokimli matbuot-xizmati xabar qildi.
Dastlab viloyat hokimi, o‘rinbosarlari va boshqa idoralar rahbarlari tuman va shaharlarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati bo‘limlari faoliyati bilan tanishadi.
Soat 17.00da viloyat hokimi H.Oqbo‘tayevning videoselektor orqali yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkaziladi", — deyilgan xabarda.
Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar bilan viloyat hokimi va boshqa rahbarlarga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, tadbir oldidan yigit-qizlarning viloyat hokimiga murojaatlari "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkilotlari va tuman, shahar bo‘limlarida ham qabul qilinadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.