Himmat Oqbo‘tayev qarori bilan Narpay hokimi ishdan bo‘shatildi

Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev Samarqand viloyati Narpay tumani hokimini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Viloyat hokimi qarori bilan Narpay Tumani hokimi Yusupov Bahodir Omonqulovich o‘z lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.

"YuSUPOV Bahodir Omonqulovich o‘z arizasiga muvofiq Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi lavozimidan ozod etilsin", — deyilgan qaror matnida.

Shu kunning o‘zida Oqbo‘tayev qarori bilan Jabborov Botir Shukurovich Narpay tumani hokimi etib tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0