Rustam Azimov: O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q va bo‘lmagan ham

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bosh vazir o‘rinbosarining fikriga ko‘ra, MDHda mamlakatning yirik korxonalarni alohida shaxslar qo‘liga topshirish tajribasi ayanchli oqibatlarga olib kelgan va iqtisodga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

 

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston, ba’zi MDH davlatlaridan farqli o‘laroq, tabiiy boyliklarni qazib olishga ixtisoslashgan yirik korxonalarini hukumatga yaqin bo‘lgan alohida epchil fuqarolarga arzimagan narxda sotish niyati yo‘q, dedi Rustam Azimov Xalqaro investitsiya forumida.

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda, bunday achinarli tajriba ba’zi MDH davlatlari iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va u yerda milliarderlar soni o‘sa boshlagan, davlat budjeti bo‘lsa defitsit his qila boshlagan.

“Xalq boyligi bo‘lgan tabiat zahiralarini xususiylashtirish natijasida, davlat o‘z vazifalarini bajarish uchun kerak bo‘ladigan budjeti mablag‘i doimiy ravishda defitsit  his qila boshladi”, — dedi Azimov.

Biz bunday yo‘ldan borishdan boshdanoq voz kechdik, dedi bosh vazir o‘rinbosari. O‘zbekistonda milliarderlar yo‘q, lekin mustahkam o‘rta sinf vakillari shakllangan, bu esa o‘z navbatida, doimiy ravishda davlat budjetini profitsit bilan qoplash imkonini beradi. 

 

Yangiliklar lentasi
0