Afg‘oniston poytaxtida navbatdagi portlash sodir bo‘ldi

© SHAH MARAI / AFPPosledstviya vzriva v Kabule
Posledstviya vzriva v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qobul shahrida sodir bo‘lgan portlash tufayli 10 kishi halok bo‘ldi va 100 ortiq kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Kuchli portlash prezident saroyi va ko‘plab xorijiy davlat elchixonalari joylashgan hududda sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Pajvak agentligiga tayangan holda.

Reyter agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu portlash Germaniya elchixonasi oldida sodir bo‘ldi. Portlash tufayli ko‘plab binolarning oynalari va eshiklari shikastlangan.

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash tufayli 10 kishi halok bo‘ldi va 100 ortiq kishi jarohatlandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0