TOShKENT, 14 apr — Sputnik. "Pensiya va nafaqa to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarorga asosan Xalq banki – respublika bo‘yicha pensiya va nafaqalar to‘lash huquqiga ega bo‘lgan yagona bank bo‘ldi.
Shu kunlarda Xalq banki matbuot-xizmati pensiya olish tartibi yuzasidan hamda savollar va takliflar masalasida qayerga murojaat qilish mumkinligi haqida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda "Podrobno.uz" nashri.
Mahalliy boshqaruv organlari uchun aholi aholi uchun qulay bo‘lgan ma’muriy binolardan Xalq bankining maxsus kassalari faoliyati uchun bepul ravishda alohida xona ajratib berishlari kerak.
Yuqoridagi qarorni hayotga tatbiq etish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarning barchasi respublika miqyosida 15-iyun sanasiga qadar o‘z nihoyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Xalq banki ishonch telefoni: (0371) 200-00-55
Boshqaruv Raisi virtual qabulxonasi: (0371) 236-16-23, br.xb.uz
Elektron pochta manzili: murojaat@xb.uz