TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlariga safar qilishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga bu farmon tegishli emas, deb xabar qilingan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida.
O‘zbekiston fuqarolari shuningdek, "Suhbatsiz vizaga murojaat etish dasturi"da ishtirok etishlari mumkinligi aytib o‘tilgan.
27 yanvar 2017-yilda e’lon qilingan farmon Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman mamlakatlari fuqarolari uchun viza berilishini vaqtincha to‘xtatib turishni nazarda tutadi.
"Agar siz yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lsangiz yoki ikki fuqarolikka ega bo‘lsangiz, iltimos, viza suhbatini belgilamang va hech qanday viza to‘lovlarini amalga oshirmang. Agar siz suhbatga qirish kunini avvalroq begilab qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu suhbatga kelmang, chunki biz siz bilan viza suhbatini o‘tkaza olmaymiz", — deb ogohlantirgan elchixona.
Shuni nazarda tutish lozimki, rasmiy hukumat maqasadlari, belgilangan xalqaro tashkilotlar nomidan rasmiy ish yuzasidan yoki Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotiga oid rasmiy maqsadlar bilan bog‘liq safarlar uchun yoki muayan mulozimlarga ushbu farmon shartlari taalluqli emas.