TOShKENT, 26-may — Sputnik. Vladimir Putin FIFA 2018 va FIFA 2017 Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazilish vaqtida xavfsizlik choralarini kuchaytirish haqidagi farmonga imzo chekdi.
2017 yilda Qozon, Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va 2018-yil 25-maydan 25-iyulga qadar Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Moskva, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Samara, Sankt-Peterburg, Saransk, Sochi shaharlariga kelgan migrantlar bir sutka ichida yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
2017 yil 1-iyundan 4-iyulgacha va 2018-yil 1-iyundan 17-iyulgacha sport musobaqalari o‘tkaziladigan maskanlar ustida parvozlar hamda ular yonida kemalar harakati taqiqlanadi, deyiladi farmonda.
FIFA 2018 va FIFA 2017 Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazilish davrida yuqoridagi shaharlarga shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslar kirishi taqiqlanadi.
Hisob bo‘yicha sakkizinchi FIFA 2017 Konfederatsiyalar kubogi milliy terma jamoalar o‘rtasida 17-iyundan 2-iyulga qadar o‘tkaziladi. U 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan "repetitsiya" deb hisoblanmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.