MDHdagi eng yaxshi aeroport - Buxoro aeroporti

© Uzbekiston xavo yullariAeroport «Buxara” - snova luchshiy sredi stran SNG
Aeroport «Buxara” - snova luchshiy sredi stran SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
May oyi oxirida MDH fuqarolik aviatsiyasining "Aeroport" uyushmasi tomonidan tashkil etilgan 51-Moskva xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Anjuman doirasida o‘tkazilgan "MDH davlatlaridagi yilning eng yaxshi aeroporti" tanlovida Buxoro xalqaro aeroporti g‘olib bo‘ldi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, aeroport "Aeroportni rivojlantirishga qo‘shilgan eng katta hissa uchun" yo‘nalishida diplom va kubok bilan taqdirlandi.

Mejdunarodniy aeroport «Urgench” - Sputnik O‘zbekiston
Urganch aeroportiga Fransiya va Italiyadan charter reyslari boshlandi

Qayd etish joiz, bu Buxoro aeroportining birinchi mukofoti emas. Aeroport 4-marta "MDH davlatlarining eng yaxshi aeroporti", 3-marta "Eng jadal rivojlanayotgan aeroport" va 2-marta "Istiqbolli rivojlanayotgan aeroport" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Buxoro aeroporti 1999-yilda xalqaro aeroport maqomini olgan. 2011-yilda aeroportda yangi aerovokzal majmuasi qurilgan. Aeroport 2016-yilda ISO 9001:2015 xalqaro muvofiqlik sertifikatini olgan.

Aeroport "Boeing", A-310/320/321, An-124 "Ruslan" va boshqa ko‘plab rusumlardagi samolyotlarni qabul qila oladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0