Yana 294 oila uyli bo‘ladi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishYangi qurilayotgan uylar
Yangi qurilayotgan uylar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu turar joylar birinchi galda uyga muhtoj odamlarga beriladi. Yosh oilalarning oyoqqa turib olishi, mustaqil, emin-erkin yashashi uchun sharoit yaratadi

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilish uchastkasida bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Jiloy dom v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tashrifidan so‘ng ijara uyda yashab kelgan oila yangi xonadonli bo‘ldi
Ta’kidlanishicha, prezidentning 2016-yil 22-noyabrdagi qaroriga muvofiq Andijon shahrida ko‘p qavatli 37 zamonaviy uy-joy bunyod etilishi belgilangan. Jumladan, joriy yilda Sulton Jo‘ra nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida 294 xonadonga mo‘ljallangan yettita ko‘p qavatli turar joy qurilishi rejalashtirilgan. Buning uchun 2,46 gektar yer ajratilgan. Hozirgi kunda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Bu turar joylar birinchi galda uyga muhtoj odamlarga beriladi. Yosh oilalarning oyoqqa turib olishi, mustaqil, emin-erkin yashashi uchun sharoit yaratadi.

Xabarda aytilishicha, Mirziyoyev bunday uylarni ko‘proq qurish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, bu yerni yangi massivga aylantirish, mamlakat Mustaqilligining 26-yilligiga xalqqa tuhfa qilish, odamlarga barcha qulayliklar yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0