TOShKENT, 23-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 12-aprel kuni Chilonzor tumaniga tashrifidan so‘ng yetti yildan buyon ijara uyda yashab kelayotgan oilaga yangi xonadon berildi, deb xabar bermoqda uz24.uz.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti bilan suhbatda Sh.Qayumova ismli fuqaro boshpanalari yo‘qligini aytgan. Prezident tashrifidan yigirma kun o‘tgach, Toshkent shahar hokimining qarori bilan Olmazor tumani Shifokorlar shaharchasidan ularga besh xonali xonadon ajratilgan.
Prezidentning tashrifidan so‘ng tumandagi Katta Xirmontepa va Yakkatut mahallalarida tozalik va obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor berilib, ko‘p qavatli uylarning tomlari, peshtoqlari va yo‘laklarida ta’mirlash ishlari qizg‘in bormoqda, deyiladi xabarda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.