"O‘zbekiston havo yo‘llari" Dushanbega reyslarni qisqartirdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi Dushanbega reyslarni qisqartirmoqda

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi Dushanbega reyslarni qisqartirmoqda. Endilikda Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda tojik OAVlari.

Samolet Uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Va nihoyat: Toshkent-Dushanbe reysi amalga oshirildi

3 iyun kuni Dushanbe shahrida joylashgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi vakolatxonasi xodimlari parvozlar qisqartirilishiga siyosatning dahli yo‘qligini, bunga yo‘lovchilar soni kamligi sabab bo‘lganini ta’kidlashdi.

Ilgarilari aviakompaniya parvozlarni haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshirgan.

Jamil Huseynov nomidagi Dushanbe xalqaro aeroporti matbuot kotibi reyslar qisqartirilgani haqidagi xabarni tasdiqladi. Matbuot kotibning aytishicha, ularga "O‘zbekiston havo yo‘llari" kompaniyasidan rasman maktub kelgan va unda Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslar qisqartirilishi haqida ma’lum qilingan.

Maktabda ushbu reyslarda yo‘lovchilar soni kamligi tufayli parvozlar zarar keltirayotgani aytilgan. Toshkentdan Dushanbega bir tomonga chipta narxi 140 dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan Tojikiston poytaxtiga muntazam reys 11-aprel kuni amalga oshirildi: 25-yil deganda ilk marotaba "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti Dushanbe aeroportiga kelib qo‘ngan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0