IIBB nobiometrik pasportlarni almashtirish to‘g‘risida eslatma berdi

© Sputnik / Aleksey TixomirovO‘zbekiston pasporti
O‘zbekiston pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarlikka tortilishlarini oldini olish maqsadida nobiometrik shakldagi pasportiga ega bo‘lgan fuqarorlar tezroq biometrik pasportlarga almashtirish talab etiladi

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekiston hududida fuqarolarning nobiometrik shakldagi pasportini amal qilish muddati asosan 2018-yil 1-iyul kuniga qadar belgilangan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu muddat Vazirlar Mahkamasi 2015-yil 14-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbdirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Biometrik pasportlarni hisobga olish va yo‘q qilish qoidalari tasdiqlandi

Toshkent IIBB xabarida aytilishicha, fuqarolar ortiqcha sarson bo‘lishlari hamda ularni qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarlikka tortilishlarini oldini olish maqsadida, pasport olish yoshiga yetgan va O‘zbekiston nobiometrik shakldagi pasportiga ega bo‘lgan fuqarolardan hududiy IIBlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida tashkil etilgan "Ma’lumotlarni yig‘ish punkt"lariga tizimli ravishda tashrif buyurishlari tavsiya etiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0