Biometrik pasportlarni hisobga olish va yo‘q qilish qoidalari tasdiqlandi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yo‘q qilish tartibi tasdiqlandi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 2017-yil 30-may kuni O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yo‘q qilish tartibi tasdiqlash to‘g‘risida prezident farmoni imzolandi. Hujjat matni davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Farmon bilan shunday tartib joriy qilindiki, unga ko‘ra biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yo‘q qilish:

  • ularni tayyorlash chog‘ida yaroqsiz holga kelganlari va almashtirish uchun ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va TIV konsullik boshqarmasidan qaytarilganlari — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazida;
  • muddati o‘tgan va haqiqiy emas deb topilganlari — ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va TIV konsullik boshqarmasida amalga oshiriladi.

Biroz oldin, O‘zbekistonda biometrik hujjat olish uchun elektron buyurtma holati yuzasidan interfaol konsultativ xizmat joriy etilgan edi. Interfaol xizmatdan dpm.uz. sayti orqali foydalanish mumkin. Interfaol xizmat biometrik hujjatning tayyor bo‘lganlik darajasi va elektron buyurtmaning qanday bosqichda ekani haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etishni o‘z ichiga oladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0