Turk politsiyasi Gulen tarafdorlarini hibsga olish operatsiyasini boshladi

© AP Photo / Emrah GurelTurk politsiyasi
Turk politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hibsga olish operatsiyasi Kayseridan tashqari Turkiyaning yana 14ta viloyatida amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Turkiyaning Kayseri viloyati prokuraturasi muxolifatchi imom Fathulloh Gulenning 141 nafar tarafdorini hibsga olish haqida order berdi, ularni qo‘lga olish operatsiyasi o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti Hurriyet gazetasiga asoslanib.

Gumondorlar ro‘yxatida asosan o‘qituvchilar va shifokorlar qayd etilgan. Ularni hibsga olishga esa ularning Gulen tarafdorlari foydalanadigan By Lock shifrlangan dasturidan foydalanishlari asos bo‘lgan.

Hibsga olish operatsiyasi Kayseridan tashqari Turkiyaning yana 14ta viloyatida amalga oshirilmoqda.

Fathulloh Gulen - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya AQShdan Gulenni hibsga olishni talab qildi

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh isonchilar harbiy to‘ntarish qilishga urinishdi. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istanbulda bo‘lib o‘tdi. 246 fuqaro halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlandi, ison bostirildi.

Turkiya hukumati Gulenni to‘ntarishga urinishda aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni topshirishni so‘radi. Gulenning o‘zi isonni qoraladi va o‘zining bunga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0