TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda dollar va yevro kursi o‘sishda davom etmoqda. O‘zbekiston markaziy banki bugun 1 dollarni — 3874,48 so‘m, 1 yevroni — 4336,24 so‘m miqdorida belgiladi. O‘tgan hafta kursi bilan solishtirilganda dollar 28 so‘m 15 tiyinga, yevro esa 19 so‘m 50 tiyinga qimmatlashdi.
Shuni aytib o‘tish kerakki oxirgi vaqtda AQSh dollari O‘zbekiston bozorida sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Xususan, dollar kursi haftasiga o‘rtacha 10-30 so‘mgacha oshib bormoqda.
Markaziy bank tomonidan har hafta valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgilanadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.