"Qora bozor"da dollar narxi 8200 so‘mdan oshdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtdagi yirik bozorlarda bir dollar 8200-8250 so‘mdan sotib olinmoqda va 50-100 so‘m qimmatroqqa sotilmoqda

TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistonda dollarning "qora bozor"dagi narxi 8200 so‘mdan oshdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Yevro - Sputnik O‘zbekiston
Dollar va Yevroning rasmiy kursi yana oshdi

Poytaxtdagi yirik bozorlarda bir dollar 8200-8250 so‘mdan sotib olinmoqda va 50-100 so‘m qimmatroqqa sotilmoqda. Ayrim noqonuniy valyuta sotuvchilarning aytishlaricha, mamlakatning ayrim viloyatlarida dollar narxi 8300 so‘mdan ham oshib ketgan.

Dollar narxi o‘sishiga xorijda ta’til o‘tkazishga otlangan va Umra safariga yo‘l olgan o‘zbekistonliklarning valyuta sotib olayotganliklari sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Mamlakat Markaziy banki belgilagan rasmiy kurs esa bugungi kunda 3820 so‘m 46 tiyinni tashkil etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0