TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Uzreport TV xususiy telekanali 3-iyun kunidan qarzdorlik tufayli vaqtinchalik raqamli translyatsiyasini to‘xtatdi, xabar berdi RIA Novosti "Radioaloqa, radioeshshirish va televidenie markazi" davlat unitar korxonasiga asoslanib.
Xabarda qarzdorlik miqdori haqida aytilmagan.
Ushbu telekanal vakillari tomonidan ushbu holat bo‘yicha izoh berilmagan.
2014 yil aprel oyidan Uzreport TV xususiy telekanali uch tilda, ya’ni o‘zbek, russ va ingliz tillarida kecha-kunduz eshshitirish olib borgan edi. Biznes xabarlar — ko‘rsatuvlarning asosiy mavzusi bo‘lgan. Bugun O‘zbekistonda 40 ta telekanal faoliyat ko‘rsatmoqda, shulardan 14 ta telekanal Milliy teleradiokompaniya tarkibida bo‘lib, 13 ta hududiy va 15 ta xususiy telekanallardir. Shulardan, 5 ta telekanal butun respublika hududida eshshitirish olib boradi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.