Iqtidorli bolalar uchun yangi tanlov: "Ti super! Tansi"

© NTV / SputnikLogotip konkursa "Ti super"
Logotip konkursa Ti super - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar farzandingiz iste’dodli bo‘lsa, a’lo darajada raqsga tushsa ariza jo‘nating va ularga o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatini taqdim eting

NTV telekanali Sputnik  axborot agentligi va radiosi bilan hamkorlikda teletomoshabinlar iltimoslariga binoan "Ti super! Tansi" loyihasini ishga tushirmoqda. 

Tanlov ota-ona qarovisiz qolgan, raqsga qiziquvchi bolalarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishni maqsad qilgan. Loyihada qatnashish bu o‘zini keng ommaga tanitish, mamlakatning eng yaxshi pedagoglari bilan birga ishlash, unutilmas taassurotlar olish, yangi do‘stlar va muxlislar orttirish imkoniyati demakdir.

"Bolajon" telekanali o‘smir va qizlarni boshlovchilikka taklif qilmoqda

Biz bolalar uylarida, vasiylar qaramog‘ida hamda murakkab oilaviy vaziyat sababli maktab-internatlarda yashovchi, raqqoslik, xoreografik qobiliyatga ega bolalarni izlamoqdamiz. Loyihada Rossiya va sobiq SSSR respublikalarida yashovchi ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilarning yoshi 7 dan18 yoshgacha bo‘lishi kerak (18 yosh ham kiradi). Bizni yakka yoki juftlik (juftlikdagi raqqoslar 18 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak) raqqoslar qiziqtiradi.

Loyiha ishtirokchilari masofaviy kasting yo‘li orqali tanlab olinadi. So‘ngra tanlov Moskvada bo‘lib o‘tadi. Yo‘lkira (ikki kishi uchun bir marta borish-kelishga), bolalarning hamda ularni olib keluvchilarning yashash va ovqatlanish xarajatlarini NTV telekanali o‘z zimmasiga oladi. O‘quv yili paytida bolalar uchun umumta’lim dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Loyihada psixolog va tibbiyot mutaxassislari qatnashishadi.

Biz kimlarni izlamoqdamiz

Quyidagi raqs turlari bilan shug‘ullanuvchi bolalar:

— Balet (klassik, romantik, zamonaviy);

— Etnik/(xalq urf-odatlari va an’analarini ifoda etuvchi milliy raqslar);

— Tarixiy raqslar (kontrdans, polonez, ballo va boshqalar);

— Bal raqslari (yevropacha va lotin amerikacha);

— Zamonaviy raqslar (erkin raqs, kontemporari, modern; jaz-modern; xastl, strit-dens, xip-xop, breyk-dans, kramp, popping, lokking, r&b, tektonik va boshqalar);

— Sport raqslari.

Arizalarni qanday va qayerga jo‘natish kerak

1. Anketa to‘ldiriladi (anketani shu yerdan ko‘chirib olish mumkin). Juftlik uchun har bir bolaga alohida-alohida anketa to‘ldiriladi.

2. Bolaning o‘zini tanishtiruvchi qisqa videoroligini suratga olish (masalan): "Men Alijon Valiyev,… dagi mehribonlik uyi/internat/vasiylar/buvim qaramog‘ida yashayman. Yoshim 10da. 7 yoshimdan buyon raqsga tushaman. So‘ngra ozgina o‘zi haqida ma’lumot". Videorolik arizaga ilova qilinadi.

3. Bolaning (juftlikning) bir nechta raqslaridan videolavha. Turli tadbirlar, tanlovlardagi chiqishlarning videoyozuvini jo‘natish ham mumkin. Videoyozuv arizaga ilova qilinadi.

4. To‘ldirilgan ariza info@sputniknews-uz.com elektron pochta manziliga jo‘natiladi.

Kasting bo‘yicha qanday savol bo‘lsa Sputnik tahririyati bilan bog‘laning.

Arizalar qachongacha qabul qilinadi

Tanlovda qatnashish uchun arizalar 2017-yilning 20-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Mehribonlik uylari va maktab-internatlar rahbarlari, vasiylar va farzand asrab olganlar, agar farzandingiz iste’dodli bo‘lsa, a’lo darajada raqsga tushsa ariza jo‘nating va ularga o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatini taqdim eting!

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0