TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Toshkent IIBB Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji xolati bo‘yicha xabar berdi.
"2017 yil 03-may kuni taxminan soat 14:00 larda Yashnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad o‘g‘li Ibragimovga nisbatan og‘ir tan jarohatlari yetkazilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan 1999-yilda tug‘ilgan Islombek Abdujamilovich Tulaganovga nisbatan mavjud bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda boshqa shaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Tergov harakatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi, deb ta’kidlangan.