TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda Chexiya prezidenti Milosh Zeman O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Chexiya prezidenti 60 kishidan iborat savdo delegatsiyasi bilan Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda respublika sanoat va transport ittifoqi vakili Eva Velichkova ma’lum qilgan.
Qozog‘istonga tashrifi davomida Milosh Zeman O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan investitsion loyihalar va savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazadi.
Chexiya respublikasi O‘zbekistonning Sharqiy Yevropadagi an’anaviy hamkori hisoblanadi. 2015-yilda O‘zbekistonga Chexiya respublikasi parlamenti senati raisi M.Shtex rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurgan. 2017-yil fevralida esa Chexiya respublikasi parlamenti deputatlar palatasi raisi Ya.Gamachek rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.