Chexiya o‘zbekistonlik talabalar uchun viza olishni soddalashtiradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVid na sentr Pragi. Chexiya
Vid na sentr Pragi. Chexiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsullikka hujjat topshiradilar va barcha shartlarga rioya qilingan chog‘da 60 kundan so‘ng viza olishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston ta’lim vazirligi va Chexiya IIV talabalik vizasini olish jarayonini soddalashtirish borasida ish olib bormoqda, deb xabar beradi nuz.uz.

Ekzamen. - Sputnik O‘zbekiston
Yuridik universitetga chet ellik talabalar imtihonsiz qabul qilinadi

Xabarda bildirilishicha, 11 davlat, jumladan O‘zbekiston talabalari viza olishda ro‘yxatga olishdagi qiyinchiliklar va korrupsiya bois e’tirozlarga sabab bo‘layotgan Visapoint tizimida ro‘yxatdan o‘tmaydilar. Talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsullikka hujjat topshiradilar va barcha shartlarga rioya qilingan chog‘da 60 kundan so‘ng viza olishlari mumkin bo‘ladi.

Dasturda hech bo‘lmaganda bitta xorijiy til bo‘yicha akkreditatsiyalangan o‘quv dasturiga ega va xorijda qabul imtihonlari tashkil etuvchi oliygohlar ishtirok etishi mumkin.

Oliy o‘quv yurti shuningdek, nomzod xorijiy tilni yetarlicha bilishiga ishochn hosil qilishi lozim. So‘ngra oliygoh nomzodni loyihaga kiritishni so‘raydi va konsullik uni hujjatlarni topshirishga taklif etadi. Loyiha may oyidan avgustga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

IIV mazkur loyiha oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi raqobatni oshirib, korrupsiyaga zarba beradi va talabalik vizalaridan Chexiyada ishlash uchun foydalanish hollarini kamaytiradi degan fikrda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0