TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Tojikiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ibodullo Mashrab YuNESKOning Olma Otadagi klaster guruhi rahbari Krista Pikkat bilan uchrashdi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston respublika madaniyat vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib.
"Imkoniyatdan foydalanib, Pikkat xonim Tojikistonni O‘zbekistoning marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro an’anaviy matolar festivaliga taklif etdi", — deyiladi xabarda.
O‘z navbatida madaniyat vaziri o‘rinbosari YuNESKO vakiliga Tojikistonning madaniy va tarixiy merosi haqida so‘zlab bergan.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Dushanbe shahrida ilk bor O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi. Aprelda esa "Poytaxt-90" savdo markazida O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazildi. Ikki mamlakat biznes doirasi vakillari umumiy qiymati 35 million dollar bo‘lgan 20ta kelishuv imzoladilar.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.