Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bosh vaziriga hamdardlik izhor etdi

© AFP 2023 / Fabrice CoffriniBritanskiy flag na fone Big-Bena v Londone
Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydigan bunday g‘ayriinsoniy va shafqatsiz harakatni qattiq qoralaymiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda mazkur jiddiy tahdidga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga tayyormiz", - deyilgan O‘zbekiston prezidentining hamdardlik maktubida

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Tereza Meyga London shahridagi terrorchilik hujumi oqibatida insonlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Situatsiya na meste terakta u britanskogo parlamenta - Sputnik O‘zbekiston
London politsiyasi odamlarga hujum qilgan 3 nafar terrorchini yo‘q qildi

"Biz hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydigan bunday g‘ayriinsoniy va shafqatsiz harakatni qattiq qoralaymiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda mazkur jiddiy tahdidga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga tayyormiz", — deyilgan O‘zbekiston prezidentining hamdardlik maktubida.

O‘zbekiston rahbari "halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi".

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0