TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida yozgi ta’til davrida bolalarning bandligini ta’minlash masalalari bilan tanishdi.
Kech bo‘lishiga qaramay internet kafelar bolalarga xizmat ko‘rsatayotgani uchun Abdulla Aripov tumandagi barcha internet kafelarni yopishga ko‘rsatma berdi, deb yozadi "Hordiq" nashri.
Xabarda bildirilishicha, tuman rahbariyatiga bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish va jalb qilish uchun maktab va mahalla rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazilishi haqida ko‘rsatma berilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.