Mirobod tumanida fohishaxona faoliyatiga chek qo‘yildi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
R.Xidirov Mirobod tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlaganligi aniqlandi

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Poytaxtning Mirobod tumanida fohishaxona faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Poytaxt militsiyasi fohishaxona tashkil qilganlarni ushladi

Xabarga ko‘ra, 29-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.Xidirov Mirobod tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 100 ming so‘m evaziga fuqarolar S. va Sh. larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ism-shariflar o‘zgartirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0