Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston bozoriga kirishni mo‘ljallamoqda

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri. Yevro
Denejnie kupuri. Yevro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bank shu yilning iyul oyida hukumat bilan O‘zbekiston va YeIB o‘rtasida bankning O‘zbekistondagi faoliyatini belgilab beruvchi bitim tuzishni mo‘ljallamoqda

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonga Yevropa Investitsiya Banki (YeIB) vitse-prezidenti Vasil Xudak rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bankda YeIB delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, shu jumladan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalash uchun tijorat banklariga kredit liniyalari ochish masalalari muhokama etildi.

Stambul - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyaning eng yirik banki O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi

Bank yangi texnologiyalarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, O‘zbekistonning sanoat sohasi raqobatbardoshligini kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlash, mamlakat infratuzilmasini va boshqa sohalarni yuqori ko‘tarishda to‘plagan boy tajribalarini baham ko‘rmoqchi.

Bank shu yilning iyul oyida hukumat bilan O‘zbekiston va YeIB o‘rtasida bankning O‘zbekistondagi faoliyatini belgilab beruvchi bitim tuzishni mo‘ljallamoqda.

YeIB "kreditlash mas’uliyati" mezonlariga, ya’ni Yevropa Ittifoqining qat’iy ekologik, ijtimoiy, shuningdek taqiqlangan ish amaliyotiga nisbatan "no‘l bag‘rikenglik" va boshqa talablariga javob beradigan loyihalar va qarz oluvchilarga moliyaviy mablag‘lar ajratadi.

Bankning moliyalash sohasi energetika, infratuzilma, atrof muhitni asrash va ijtimoiy tizimlar, tadbirkorlik rivoji va innovatsiyani qamrab oladi.
O‘zbekiston muqobil, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini barpo etish, energiya samaradorligini oshirish va texnologiyalar transferi uchun YeIBning mablag‘laridan foydalanishdan manfaatdor. Chunki hozirgi paytda yoqilg‘i-energetika kompleksi, energiya tejamkorligini joriy etish sohalarida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ochilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0