TOShKENT, 29-may — Sputnik. Turkiya Ziraat Banki Toshkentda o‘z filialini ochadi. Bu haqda Podrobno.uz nashri hukumat delegatsiya a’zolariga tayangan holda xabar berdi.Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, bank o‘z ish faoliyatini keyingi yili boshlaydi.
Ziraat Bank — Turkiyaning yirik kredik tashkilotlardan biri bo‘lib, 1863-yilda tashkil etilgan. Ushbu bank dunyoning 18 ta davlatlarida bank xizmatlarini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan xaftada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda o‘zbek-turk biznes-forumi yakunlari bo‘yicha tikuvchilik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish hamda bank sohasilariga oid, umumiy qiymati 2 mlrd $dan ortiq 30 ta loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolangan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.