TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Ushbu galereyadan qadimiy hunarmandchilik maktablarining durdonalari sanalgan naqshinkor bezaklar va zargarlik buyumlari hamda Oqsaroyning qo‘lda yasalgan ikki metrlik maketi ilk marta namoyish etiladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, galereyada har hafta iqtidorli rassom va hunarmandlar yaratgan asarlar namoyishi bilan birga havaskorlar va sayyohlar uchun mahorat darslari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Oyda bir marotaba esa yosh dizaynerlar ishtirokida zamonaviy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Shu kabi madaniy tadbirlarning o‘tkazilishi Shahrisabz shahrining turistik mavqeyini oshirish bilan birga yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarning amaliy san’at va milliy hunarmandchilik durdonalari bilan tanishish imkonini beradi, deyiladi xabarda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.