Xiva va Shahrisabz viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarga aylantirildi

Obuna bo‘lish
Bu qadimiy shaharlarning turistik salohiyatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Xiva va Shahrisabz shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi. Bu haqda palata axborot xizmati ma’lum qildi.

Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xiva va Xorazmga keladigan turistlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi

O‘zbekiston prezidentining Xorazm va Qashqadaryo viloyatlariga safarlari chog‘ida turizm sohasini rivojlantirish uchun mazkur mintaqalarning salohiyati yuqori ekanligi hisobga olingan holda Xiva va Shahrisabzni mustaqil ma’muriy birlik etib qayta tashkil qilish hamda ularni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar ro‘yxatiga kiritish topshirig‘i berilgan edi.

"Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston hududida joylashgan jahon ahamiyatiga molik bu qadimiy shaharlarning turistik salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi", deyiladi axborot xizmati xabarida.

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasiga ko‘ra "… viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin".

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0