Andijonda umumiy qiymati 24 million dollarlik loyiha ishga tushmoqda

© Foto, Elmurod ErmatovAndijan. Park kulturi imeni A.Navoi
Andijan. Park kulturi imeni A.Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxonani shu yilning uchinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Xo‘jaobod tumanidagi "Navigul" qo‘shma korxonasi hududida tashkil etiladigan meva-sabzavotlarni qayta ishlash, muzlatish va sotishga ixtisoslashtirilgan yirik logistika kompleksi loyihasi bilan tanishdi.Bu haqda O‘zbekiston prezidentining rasmiy veb-saytida xabar qilindi.

"Navigul" O‘zbekiston — Germaniya qo‘shma korxonasida tayyorlanayotgan tomat pastasi, quritilgan bulg‘or qalampiri, baqlajon, olma, olcha, o‘rik qoqisi singari mahsulotlar xorijda ham xaridorgir.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s novimi texnologiyami virashivaniya seman - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda virussiz urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

"O‘zvinosanoat-xolding" kompaniyasi negizidagi "Toshkent vino kombinati" aksiyadorlik jamiyati va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda qo‘shma korxona hududida "Fruit industries" mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etish rejalashtirilgan.

Yangi korxona meva-sabzavotlarni qayta ishlash, quritish, sharbat tayyorlash va eksport faoliyati bilan shug‘ullanadi. 6 gektar maydonda ko‘chat yetishtiriladigan issiqxona, 255 gektar maydonda tomchilatib sug‘oriladigan intensiv bog‘ tashkil etiladi, 615 gektar maydonda sabzavot yetishtiriladi, 7 ming tonna meva-sabzavotni saqlashga mo‘ljallangan muzlatgich quriladi.

Davlat rahbari korxonaning dastlabki bosqichi — meva-sabzavotlarni quritish liniyasining ish boshlashiga bag‘ishlangan ramziy tugmani bosdi. Karam va lavlagi misolida texnologik liniyaning ish jarayonini kuzatdi. Quritilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdi.

Loyihaning umumiy qiymati 24 million dollar bo‘lib, shundan 14 million dollari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, qolgani korxona mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Korxonani shu yilning uchinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu yerda yiliga 30 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanadi, 1 ming 250 ish o‘rni yaratiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0