Andijonda virussiz urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s novimi texnologiyami virashivaniya seman
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s novimi texnologiyami virashivaniya seman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘rg‘ontepa tumanidagi "Bog‘i Furqat" fermer xo‘jaligi bazasida zamonaviy biotexnologiya (In vitro texnologiyasi) asosida laboratoriya tashkil etiladi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida "Andijon biokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan bog‘ni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar berdi.

Andijan - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Andijonga tashrifini "Bog‘i Bobur" bog‘i bilan tanishishdan boshladi

Xo‘jaobod tumanida yong‘oqzor va tokzor tashkil etilgan bo‘lib, 20 gektarga Kaliforniya yong‘og‘i, 23 gektarga tok navlari ekilgan. Kelgusida ekin maydoni kengaytirilib, meva turlari ko‘payadi. Qator oralariga bulg‘or qalampiri, piyoz, kartoshka, loviya, moshning xaridorgir navlari va boshqa sabzavotlar ekiladi.

Prezident o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga oid qaror mazmun-mohiyatiga to‘xtaldi. Andijonning ilmiy va mehnat salohiyatidan foydalanib, bu yo‘nalishda ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etish, xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali xalq daromadini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti va kollejlarda o‘rmonchilik sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda Qo‘rg‘ontepa tumanidagi "Bog‘i Furqat" fermer xo‘jaligi bazasida qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi va ko‘chatchilikni rivojlantirish loyihasi namoyish qilindi. Bu yerda zamonaviy biotexnologiya (In vitro texnologiyasi) asosida laboratoriya tashkil etilib, virussiz urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bunday o‘simliklar kasalliklarga chidamli bo‘ladi, ularni yil bo‘yi ekish mumkin. Qiymati 1,6 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha samarasida eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari urug‘ va ko‘chatlari yetishtiriladi, agrosanoat tarmoqlari va aholiga yetkazib beriladi. 38 ish o‘rni yaratiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0