O‘zbekistonda yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur qo‘mita davlat veterinariya xizmati amaldagi tizimining qator muammo va kamchiliklarini bartaraf etishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Davlat veterinariya qo‘mitasini tashkil etish haqidagi qarori e’lon qilindi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri davlat rahbarining qaroriga tayanib.

Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi negizida tashkil etiladi.

Korovi na molochno-tovarnoy ferme - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi

Mazkur qo‘mita davlat veterinariya xizmati amaldagi tizimining qator muammo va kamchiliklarini bartaraf etishi ko‘zda tutilgan. Xususan, davlat veterinariya xizmati sohasida ishlarning umumiy holati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridan va hozirgi zamonning hayvonlar sog‘lig‘i profilaktikasi hamda o‘z vaqtida va sifatli davolashni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy talablardan sezilarli darajada ortda qolmoqda.

Bundan tashqari, tarmoqda yagona vertikal boshqaruv tizimi yaratilmagan, uning moddiy-texnika bazasi ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgan.

Hayvonlar kasalliklarini profilaktika qilish va davolashga ilmiy ishlanmalar va zamonaviy veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, innovatsion usullarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmayapti.

Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish borasida ilmiy-tadqiqot va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.

Qo‘mita veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va davlat dasturlarini ishlab chiqish, meyoriy-huquqiy tartibga solishni ta’minlash, mazkur sohada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro samarali hamkorligini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Hayvonlarni turli kasalliklardan saqlash, hayvonlardan olinadigan mahsulot va xomasholar xavfsizligini ta’minlash sohasida idoraviy va ishlab chiqarish xizmatlari, xususiy veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish kabilar ham qo‘mitaning asosiy vazifalariga kiradi.

Ushbu vazifalarni sifatli amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Davlat veterinariya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi.

Respublika davlat veterinariya laboratoriyasi, Hayvonlarning o‘ta xavfli kasalliklari davlat laboratoriyasi va Parranda kasalliklari bo‘yicha davlat veterinariya laboratoriyasi tugatilib, ularning negizida Respublika hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etildi.

Limon yetishtirish - Sputnik O‘zbekiston
Limonchilik va parrandachilik uchun 4 mln oilaga kreditlar beriladi

Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifatini nazorat qilish davlat laboratoriyasi Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalari sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markaziga aylantirildi.

Prezident qarori bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi va bo‘linmalarining tuzilmasi, shuningdek, 2017-2021 yillarda davlat veterinariya xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda veterinariya qonunchiligini takomillashtirish va unga amal qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, davlat veterinariya xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, veterinariya sohasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va veterinariya dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Amaldagi diagnostika usullari va vositalarini, hayvonlarni davolash va profilaktika qilishni takomillashtirish hamda aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, keyingi 25-yil davomida mamlakatda qoramollar soni 2,4 barobarga, qo‘y va echkilar soni 2 karraga, parrandalar soni 1,9 martaga o‘sishiga hamda go‘sht mahsulotlari hajmi 2,8 barobarga, sut 2,7 martaga, tuxum 3,3 barobarga oshdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0