Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida Strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma bo‘yicha qonun imzolandi

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov v Turkmenistane
Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi tomonidan Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida Strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv bo‘yicha qonun tasdiqlangan edi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyev Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiyalash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 17-may, Senat tomonidan 27-may kuni maqullangan. Ushbu shartnoma 2017-yil 6-martda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida imzolangan edi.

Senat matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida munosabatlarni yangi strategik bosqichga olib chiqadi, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish hamda do‘stona va o‘zaro manfaatli sherikchilikni mustahkamlashni ko‘zda tutadi, deb yozadi RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, shu yil mart va may oylarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan. Muzokaralar natijasida bir qator muhim kelishuvlar imzolangan. Ikki tomonlama o‘zaro manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar bo‘yicha aloqalarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0