Mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni Moskva viloyatiga ishga taklif etmoqda

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishRabota v sexe shveynoy fabriki
Rabota v sexe shveynoy fabriki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Moskva viloyatida mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun e’lon berdi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Moskva viloyatida mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni ishga taklif qilmoqda. Bu haqdagi e’lon agentlikning Feysbukdagi sahifasida berildi.

Unga ko‘ra, "N-odejda" MChJga tikuvchilar ishga qabul qilinadi.

Ishlash istagida bo‘lganlarga quyida talablar qo‘yilmoqda: libos tikish, libos tayyorlash jarayonlari, bichish bo‘yicha malaka. Tikuvchilar shuningdek, tikuv mashinalaridan foydalanish, ignalar raqamlari, ipni joylashtirish, mashina yoki qo‘lda turli matolardan mahsulot tayyorlash bo‘yicha murakkab jarayonlarni bilishlari lozim.

Sinov muddati 3 oy etib belgilangan.

Otkritie sexa po proizvodstvu xalvi v Doneske - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Astraxan viloyatiga ishga taklif qilinmoqda

E’londa oylik maosh ishbay bo‘lib, o‘rtacha 45 ming rubl ekanligi aytilgan.

Ish vaqti soat 8.00 dan 17.00 gacha bo‘lib, ijtimoiy paketga yashash uchun to‘lov, ishxonagacha yo‘l haqi kiradi.

Nomzodlar 18-50 yosh bo‘lishi, o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishlari hamda tekstil ishlab chiqarishida kamida bir yillik tajribaga ega bo‘lishlari lozim.

Shuningdek, "VESNA" MChJga ham tikuvchilar ishga taklif etilmoqda. Ularga ham yuqoridagidek talablar qo‘yilgan bo‘lib, oylik maoshi 26 500 rublligi ma’lum qilingan.

Qo‘shimcha talablar esa quyidagicha: mutaxassisligi bo‘yicha ish joyi haqidagi ma’lumot hamda mehnat daftarchasining notarial tarjimasi, sudlanmaganligi, YHX qoidalarini buzganligi uchun jarimalardan qarzdor emasligi haqida ma’lumotnoma, rus tilini qoniqarli darajada bilishi hamda mehnat qilishga ishtiyoq.

Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat qilishga qiziqish bildirgan fuqarolar 214-51-87 yoki 214-47-29 telefon raqamlariga hamda agentlikning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishlari so‘ralgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0